Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda jami 1 389 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ular 2018-yilning mos davriga 859 ta nisbatan 530 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2024-yilning yanvar oyida 17 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 411 ta
🔸Zarafshon shahri – 114 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 15 ta
🔸Konimex tumani – 35 ta
🔸Qiziltepa tumani – 209 ta
🔸Navbahor tumani – 134 ta
🔸Karmana tumani – 228 ta
🔸Nurota tumani – 95 ta
🔸Tomdi tumani – 33 ta
🔸Uchquduq tumani – 31 ta
🔸Xatirchi tumani – 84 ta