Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Buyuk Britaniya milliy statistika idorasi xodimlari oʻrtasida Xalqaro sifat modellarini joriy etish va Milliy statistik registrlarni yuritish boʻyicha tajriba almashish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Statistika registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshliqlari Buyuk Britaniya milliy statistika idorasi xodimlariga Xalqaro sifat menejmenti va yuritish tizimlarini joriy etish hamda Statistika registrlariga tizimli xizmat koʻrsatish amaliyotini namoyish etdilar.
Oʻz navbatida, Statistika agentligi vakillari Buyuk Britaniyada korxonalar statistika registrlarni yuritish tajribasi bilan tanishdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomon vakillarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha muloqotni davom ettirishga va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar.