🔰Joriy yilning 15-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiy viloyat hududiy boʻlimi bilan hamkorlikda 1-nnt shakli yillik statistika hisobotini topshirish tartibi va muddatlari boʻyicha oʻquv-seminar boʻlib o‘tdi.
✅Tadbir davomida statistika boshqarmasi masʻul xodimi soʻzga chiqib, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hisobotini belgilangan muddatda topshirish kerakligi aytib oʻtildi.
✅Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 4-martga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan statistika organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobotni topshirishda Statistika agentligining hisobot.stat.uz rasmiy saytidan foydalaniladi.