14/02/2024

Joriy yilning 8–9-fevral kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Ta’lim va tadqiqot instituti, Barqaror rivojlanishga ko‘maklashish markazi (CSD Center) va BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan “Elektron chiqindilar bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi” bo‘lib o‘tdi.

1-img_20240208_172727_822

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Daliyev Shuhrat Rustamovich ishtirok etdi.

2-img_20240208_120810

3-img_20240208_113808

Ushbu forumda MDH mamlakatlari statistika organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), BMTning Ta’lim va Ilmiy tadqiqot instituti (UNITAR), Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash markazi (CSD Center), BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP), Germaniya atrof-muhit agentligi, BMTning Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishdi.

4-img_20240208_100907

Ikki kun davom etgan tadbirda ishtirokchilar elektron chiqindilarni boshqarish sohasidagi jahon tendensiyalari va muammolari, Markaziy Osiyo davlatlarining elektron chiqindilarni boshqarish sohasidagi muammolari va erishayotgan natijalari muhokama qilindi.

5-img_20240209_114212

Tugmani bosing Tinglash GSpeech