2024-yilning 7–9-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʻlim, fan va madaniyat ishlari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan taʼlim statistikasi boʻyicha xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Ushbu tadbirda BMTning Taʻlim, fan va madaniyat ishlari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO)ga aʻzo mamlakatlarning taʻlim va milliy statistika idora vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Taʻlim, sogʻliqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar boʻlimi bosh mutaxassisi Bekzod Allamuradov ham qatnashdi.
Ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi boʻyicha erishilgan yutuqlarni tahlil qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha fikr almashdi.
Shuningdek, tadbir davomida texnologik ishlanmalarning taʻlim statistikasiga taʻsiri, mavjud metodologiyani takomillashtirish, taʻlim statistikasini shakllantirishda zarur boʻladigan maʻlumotlar manbalari va tavsiya etilgan usullar toʻgʻrisida maʻlumot berildi.