09/02/2024

Joriy yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida  gender tengligiga oid qo‘shimcha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a3823

Mazkur tadbirda Tashkiliy masalar bo‘yicha loyiha boshqaruvchisi, NAP loyihasi rahbari Nadejda Gavrilenko, “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi xodimi Go‘zalxon Maqsudovna hamda Agentliklikning markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

2-7b5a3843

  Shuningdek, yig‘ilishda milliy dasturlar, strategiyalar va barqaror rivojlanish maqsadlarini rejalashtirish hamda amalga oshirish jarayonida gender tengligiga qaratilgan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

3-7b5a3830

Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari va gender statistikasi ko‘rsatkichlari, ularni shakllantirish manbalari, uslubiy jihatlari va Statistika agentligining bu sohadagi vakolatlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech