Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari uchun Narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga boְʻlimga tegishli statistik hisobotlarni sifatli tayyorlash, hamda tuman/shahar-viloyat-respublika darajasida tizimli tashkil etish tartibi batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.