Joriy yilning 9-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy Oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo’lim boshliqlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.
Mazkur maʻnaviy-maʻrifiy tadbirga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsenti Akmal Tursunov taklif etildi. Mehmon bugun respublikamizda soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning tavalludining 583-yilligi keng nishonlanayotganli taʻkidlab oʻtdi.
Muloqot davomida Alisher Navoiy nafaqat ijodi, yetuk salohiyati, halol huquqshunos va qonun ijodkori sifatida ham faoliyat yuritganligi, shuningdek, Alisher Navoiy adolat tuygʻusini har bir inson, har qaysi xalq va millat intilib yashaydigan oliy mezon darajasiga koʻtargan hamda odamzodni hayotda adolatni qaror toptirishga, uni asrab-avaylashga chorlab oʻtganligi ta'kidlandi.
Shuningdek muloqot yakunida Akmal Tursunov tomonidan buyuk mutaffakkirning bir necha gʻazallari aytildi va bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.