Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda yillik statistika hisbotlari boʻyicha oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda korxona va tashkilot rahbarlari, hisobchilari hamda boshqarmaning tarmoq boʻlim boshliqlari qatnashdi.
Seminarda "Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar" kafedrasining katta oʻqituvchisi SH. Djumaniyazov, boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U. Suyunov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlim yetakchi mutaxassis N. Zokirov va Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi boshligʻi S. Tuygʻunovlar oʻzlarining maʻruzalari, video roliklari va taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.
Muloqot davomida e-stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1 KB “Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti” va 1 FX “Fermer xoʻjaligi tashkilotlarining yillik hisobot” shakllari, ularni toʻliq toʻldirish va statitika organlariga taqdim etish masalalari boʻyicha yetarlicha m’lumotlar berildi.
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berib, tadbir jarayoni qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.