07/02/2024

Joriy yilning 7-fevral kuni Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan tashkil etilgan "Sanoat statistikasini takomillashtirish, ayrim Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida siyosat bilan bogʻliq tahlil uchun sanoat ishlab chiqarish samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish" mintaqaviy loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida xalqaro konferensiya ish boshladi.

photo_2024-02-07_14-06-14

Unda oʻn bir mamlakat, shu jumladan: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Ukraina davlatlari statistika idoralari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar qatnashmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasidan 2024-yil 7-9-fevral kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etmoqda.

photo_2024-02-07_14-06-18

Maʼlumot uchun: 2019-yilda UNIDO milliy va mintaqaviy statistika tashkilotlari koʻmagida MDH mamlakatlari uchun sanoat statistikasi loyihasini ishga tushirgandi. Bundan koʻzlangan maqsad raqamli iqtisodiyot va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratgan holda "sanoat 4.0" bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish masalalariga yechim topishga qaratilgan.

Delegatsiya vakillarining xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar statistika idoralari vakillari bilan boʻlib oʻtadigan sessiyalar va uchrashuvlardagi ishtiroki va ularda muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan qoʻshimcha axborot berib boriladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech