06/02/2024

Open Data Watch xalqaro tashkiloti yangi “Gender Data Compass” (Gender maʻlumotlari kompasi) reytingini eʻlon qildi. https://gdc.opendatawatch.com/rankings

1-efgbdfbsnimok

Ushbu reytingda 2023-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 185 ta mamlakat orasida 56-o‘rinni egalladi. https://gdc.opendatawatch.com/country-profiles/UZB

2-ergergegesnimok

“Gender Data Compass” ma’lumotlarni to‘plash, ishlab chiqish va ulardan foydalanishni o‘z ichiga olgan gender ma’lumotlarining keng istiqbolini taklif etadi. Gender ma’lumotlari tizimlarining keng qamrovli ko‘rinishini taqdim etish orqali GDC milliy statistika idoralari va ularning hamkorlariga gender tengligi yo‘lida yo‘nalish va yordam taklif qiluvchi amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. https://gdc.opendatawatch.com/

3-jkjkkksnimok

“Gender Data Compass” milliy gender ma’lumotlar tizimlari va ularning qulay muhiti haqida ma’lumot beradi. U 180 dan ortiq mamlakatlarda 53 ta muhim gender korsatkichlarining joriy mavjudligi va ochiqligini hujjatlashtiradi. Bu mamlakatlar o‘zlarining gender ma’lumotlari tizimini yaxshilash uchun hal qilishlari kerak bo‘lgan muhim savollarga oydinlik kiritadi: gender tengligi muammolarini tushunish va hal qilish uchun qanday ma’lumotlar mavjud? Bu maʼlumotlar hamma uchun qulay va ochiqmi?

4-7b5a3659

O‘z o‘rnida, Statistika agentligida gender statistikasini foydalanuvchilarga e’lon qilib borish maqsadida “Gender.stat.uz” veb-sayti ishlab chiqilgan bo‘lib, saytda 180 dan ortiq  gender statistikasiga oid ma’lumotlar mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda shakllantirilib, 3 ta tilda va 5 xil formatda joylashtirilib, muntazam yangilab borilmoqda.

5-7b5a3661

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 61 ta maqsadli ko‘rsatkichlari monitoringi uchun ma’lumotlar veb-saytning alohida sahifasida joylashtirilgan.

6-7b5a3664

Shuningdek, 550 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan 27 turdagi statistika kuzatuvlari asosida shakllantiriladigan qo‘shimcha gender statistikasi ko‘rsatkichlari rasmiy veb-sayt (stat.uz)ning asosiy ko‘rsatkichlar sahifasiga joylashtirilib, tarkibi muntazam kengaytirib borilmoqda.

7-7b5a3672

8-7b5a3667

Tugmani bosing Tinglash GSpeech