2023-yil yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻi qoʻshilgan qiymatida 6 % ga oʻsish kuzatilgan.
Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati 1 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 6,7 % ga, elektr, gaz, bugʻ bilan taʻminlash va havoni konditsiyalash tarmogʻining 9,7 % ga hamda suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish tarmogʻining 1 % ga ijobiy oʻsishi hisobiga taʻminlangan.