01/02/2024

2024-yilning 30-yanvar kuni Xalqaro transport forumi tomonidan tashkil etilgan “Gender va transport boʻyicha yillik maslahatlar”ga bagʻishlangan onlayn tadbir boʻlib oʻtdi.

1-7b5a3380

Tadbirda Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari statistika idoralari, transport vazirliklari va ilmiy-tadqiqot institutlarining 95 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Мazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Yo'ldoshev Zoyir Toshkanovich va Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Mirzaxidov Abdug'afur Yuldashevich ishtirok etishdi.

2-7b5a3375

2016-yildan boshlab xalqaro transport forumining gender va transport bo'yicha yillik maslahatlari transport sohasidagi gender tengligi va xalqaro transport forumi faoliyatining boshqa jihatlari bilan bog'liq masalalar bo'yicha mutaxassislar va ilmiy jamoatchilik o'rtasida fikr almashish uchun platforma hisoblanadi.

3-7b5a3383

Yig‘ilishda 2024–2025-yillarda transport tadqiqotlari bo'yicha xalqaro transport forumining ish dasturini muhokama qilish va xalqaro transport siyosati forumi tomonidan gender vositalari asosida ishlab chiqilgan tadqiqot loyihalarida gender jihatlarini hisobga olishning yangicha yondashuvi haqida so‘z yuritildi.

4-7b5a3386

Shuningdek, 2024-yilda boʻlib oʻtadigan transportni ekologiyalashtirish sammitida muhokama qilinadigan va mamlakatlarning iqlim oʻzgarishi boʻyicha transport maʻlumotlarini yigʻish boʻyicha tajribasi taqdim etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech