Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga Sifat menejmenti tizimini joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 22-25-yanvar kunlari Statistika agentligida Sifat menejmenti tizimining rivojlanish bosqichini samarali tashkil etish maqsadida, “GOODZONE CONSULT” MChJ konsalting tashkiloti tomonidan "ISO 9001-2015 standarti talablarini joriy etish va tahlil qilish" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyaev Zoxidjon Muratovich boshchiligida Statistika agentligi markaziy apparati mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar-trening yakunlari bo'yicha tinglovchilarga "ISO 9001:2015 xalqaro standarti asosida sifat menejmenti tizimi talablarni tahlil va talqin qilish" dasturi bo'yicha treningda qatnashganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.