Joriy yilning 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yoshlar kengashi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda agentlik yosh mutaxassislari hamda hududiy tizim yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi Aziz Eshboyev soʻzga chiqib, yoshlar siyosati toʻgʻrisida qisqacha hisobot berib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi va yosh mutaxassislar tomonidan 2024-yilda yoshlar siyosatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.