Joriy yilning 26–28-yanvar kunlari Yangi Oʻzbekiston Universitetida Open Data Challenge Hakatoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu Hakaton IT Park, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Virtual guruh, Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan tashkil etildi.
“Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan yillik tanlov.
Hakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu tanlovning maqsadlari – davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, mavzu boʻyicha professional hamjamiyatni shakllantirish, shuningdek, davlat va munitsipal hokimiyat organlari hamda hakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Tanlovda 210 nafar (ulardan: 80 foiz yigit va 20 foiz qiz) kishi ishtirok etdi.
Jamoalarning har biri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ish olib borishdi:
- Davlat sektori;
- Ijtimoiy sektor;
- Biznes sektor;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori.
“Demo Day” – final taqdimotga 73 ta jamoadan 42 tasi oʻtdi, bu esa tanlov ishtirokchilarining yuqori tayyorgarligi va professionalligini koʻrsatadi.
Demo Day ikki bosqichda o‘tkazildi, shundan so‘ng har bir yo‘nalishdagi eng yaxshi loyihalar tanlab olindi.
Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar hakaton g‘olibi bo‘ldi:
Ijtimoiy sektor yo‘nalishi bo‘yicha:
1-oʻrin: Single jamoasi;
2-o‘rin: M.M.A jamoasi;
3-oʻrin Dots team jamoasi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori yo‘nalishi bo‘yicha:
1-oʻrin: Plexus jamoasi;
2-o‘rin: JIR jamoasi;
3-oʻrin ClockChain jamoasi.
Biznes sektori yo‘nalishi bo‘yicha:
1-oʻrin: O‘zbek Sado jamoasi;
2-o‘rin: GuidMeTech jamoasi;
3-oʻrin SunnyDevs jamoasi.
Davlat sektori yo‘nalishi bo‘yicha:
1-oʻrin: Imba jamoasi;
2-o‘rin: LinkData jamoasi;
3-oʻrin IustitiaUz jamoasi.
G‘oliblarga Noutbuk, Planshet, Smartfonlar hamda sertifikatlar topshirildi.