30/01/2024

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yil yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, Markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

1_7j1a3970

2_7j1a4029

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Hayʻat yigʻilishini ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Statistika agentligi oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

3_7j1a3955

4_7j1a4025

Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  boʻyicha maʻlumot berildi.

5_7j1a3982

6_7j1a3965

Shuningdek, tuman va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Statistika agentligi direktori xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida eʻtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida koʻrsatmalar berdi. Tuman va shaharlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi jadvallarni oʻz muddatida yangilab borilishi taʻkidlandi.

7_7j1a3979

8_7j1a4000

 “1-KB yillik” – mikrofirma va kichik korxonalarning va “1-FX yillik”– fermer xo’jaliklari faoliyati to’g’risida 2023-yil uchun statistik hisobotlarining o‘z vaqtida sifatli qabul qilish samaradorligini oshirish yuzasidan alohida topshiriqlar berdi.

9_7j1a4060

10_7j1a4044

Kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish, ish faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech