2024-yilning 15-26-yanvar kunlari Avstriyaning Vena shahridagi Birlashgan Vena institutida “Institutsional sektorlar hisobi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Bolgariya, Xorvatiya, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Latviya, Moldova, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Kosovo Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Tojikiston, Ukraina hamda Oʻzbekiston Respublikasi statistika idorasi va markaziy bank vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Obidov Umarjon Shavkatovich va Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Gʻofurov Bahodir Poʻlat oʻgʻli ishtirok etishdi.
Yigʻilishning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida tajriba almashish, “Institutsional sektorlar hisobi” boʻyicha ishtirokchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda mazkur hisoblarni shakllantirishda kerak boʻladigan maʻlumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini oʻrganishdan iborat boʻldi.
Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga biriktirilgan mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblar olishdi.