Joriy yilning 26-yanvar kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh mutaxassislari uchun Karmana tumanidagi “Karmana Dilnur” MCHJ korxonasi va “Karmana tumani qishloq xo’jaligi bo’limi” buxgalteriya markazida ekskursiya tashkil etildi. Yosh mutaxassislar ekskursiya davomida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va qishloq xo’jaligi bo’limi “buxgalteriya markazi”da statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.