Joriy yilning 26-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Navoiy shahar kasb hunar maktabi 1-bosqich o’quvchilari 2023-2024 o’quv yili rejasiga ko’ra, auditoriyada olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni bilan uzviy bogʻliqlikda mustahkamlash maqsadida oʻquv-tanishuv amaliyotini boshladi. Shuningdek, viloyat Statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari U. Suyunov hamda boshqarma bosh yuristkonsulti tomonidan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, ularga tashkilot ish faoliyati, ichki tartib qoidalari, statistik hisobotlar va kuzatuvlarni o’tkazish bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.