Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda agentlik markaziy apparati hamda hududiy tizim xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Jurat Mirsaidov soʻzga chiqib, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida qisqacha hisobot berib o‘tdi.
Shuningdek, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan joriy yil davomida statistika tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning sogʻligʻini tiklash boʻyicha muammolarni hal etish, mehnat huquqlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash hamda sohada ishlab nafaqaga chiqqan keksa avlod vakillari borasida amalga oshirilgan koʻplab ijobiy ishlar natijalari sarhisob qilindi.