26/01/2024

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1-7j1a3784

2-7j1a3848

Mazkur yig‘ilishda Statistika agentligining xotin-qizlari hamda hududiy statistika boshqarmalari xotin-qizlari ishtirok etishdi.

3-7j1a3873

4-7j1a3818

Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich bugungi kunda oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari haqidagi nutqi bilan ochib berdi.

5-7j1a3811

6-7j1a3928

Tadbirda agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Talipova Zulxumor Normatovna so‘zga chiqib, agentlikda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

7-7j1a3913

8-7j1a3924

Agentlik xotin-qizlarining mavzuga doir berilgan barcha savollariga Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech