23/01/2024

Joriy yilning 23-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etilib, ushbu tadbir Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Tadbirda IIB boshqarmasidan tezkor qidiruv xizmati “Kiberxavfsizlik” boʻlimi mutaxassisi Sh. Nuriddinov soʻz yuritdi.

Muloqot davomida dastlab kiberjinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Soʻnggi vaqtlarda bank plastik kartalaridagi pullarni talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni sodir etilishi kundan-kunga koʻpayib borayotganligi kuzatilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda kiberxavfsizlik tushunchasining koʻlami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi mobil toʻlovlar, elektron savdo-sotiq va internet bank kabi eng soʻnggi texnologiyalar ham yuqori darajadagi xavfsizlikni talab etayotganligi aniq misollar orqali tushuntirildi.

Tadbir soʻnggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech