22/01/2024

Joriy yilning 22-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil yakunlari boʻyicha 1-kb shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati toʻgʻrisida”gi statistika hisobotining qamrovini toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ta’minlash, shuningdek, hisobot intizomiga rioya etilishini va sifatli statistik ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida oʻquv seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma tarmoq boʻlimi hamda tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari ishtirok etdi.

Muloqat davomida 1-kb shakli (yillik) statistika hisobotini toʻgʻri toʻldirish, undagi oʻzgarish va qoʻshimchalar hamda taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Malumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, subyektlar tomonidan hisobotlarni taqdim etishda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish, statistika hisobotini tuzish va taqdim qilishga koʻmaklashish maqsadida, hozirda boshqarmada malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Call Center” tashkil etilgan boʻlib,  tadbirkorlardan kelib tushgan savollarga mutaxassislar doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech