22/01/2024

2024-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida, agentlik boshqarma boshliqlari hamda hududiy statistika organlari xodimlari ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

1-dsc_9975

Tadbirda agentlik xodimlari soʻzga chiqib, 2023-yil yakunlari boʻyicha taqdim etiladigan 1-kb (yillik), 1-fx (yillik) va 1-mehnat (yillik) hisobot shakllarini eStat 4.0 axborot tizimi orqali qamrovini sifatli taʼminlash hamda ushbu jarayonlarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha tushunchalar berib o‘tdi.

2-dsc_9979

Seminarda 1-kb (yillik), 1-fx (yillik) va 1-mehnat (yillik) hisobot shakllarini taqdim etishda eʼtibor beriladigan holatlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuborilgan hisobotlarni asossiz ravishda qaytarmaslik boʻyicha alohida topshiriqlar berildi.

4-dsc_9978

Shuningdek, yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga agentlik xodimlari atroflicha javob berishdilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech