Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 094 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 068 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
🔹Navoiy shahri – 648 ta
🔹Zarafshon shahri – 232 ta
🔹G‘ozg‘on shahri – 230 ta
🔹Konimex tumani – 91 ta
🔹Qiziltepa tumani – 320 ta
🔹Navbahor tumani – 264 ta
🔹Karmana tumani – 487 ta
🔹Nurota tumani – 259 ta
🔹Tomdi tumani – 82 ta
🔹Uchquduq tumani – 145 ta
🔹Xatirchi tumani – 336 ta