Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
2023-yilda Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʻlumotlar indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” nominatsiyasida 1-darajali diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid indikatorlar 3 ta tilda va 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.