Joriy yilning 10-yanvar kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh mutaxassislari uchun Navoiy viloyatidagi “Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi” va “Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi”da ekskursiya tashkil etildi.
Yosh mutaxassislar ekskursiyada muzeyning bebaho va noyob topilmalari, o‘ziga xos moddiy va nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha ekspozitsiyalar, boshqa bir hududida uchramaydigan va takrorlanmaydigan tabiiy, me’moriy-majmualari, san’at asari darajasida saqlanib kelingan qoyatosh suratlari bilan yaqindan tanishib, aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Ekskursiya davomida mutaxassislar Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasiga borib, bugungi kunda turistik xizmatlar ko'rsatuvchi obyektlardagi xizmat koʻrsatish tizimi va tashrif buyuruvchilar soni oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar to'g'risida suhbatlashdi.