14/12/2023

Joriy yilning 14-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun Navoiy viloyatidagi “JOZIBALI QURILISH MONTAJ” va “NAVPROMLITMASH” MCHJlarning ishlab chiqarish jarayonlari hamda qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi. 

Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik qurilmalari, mahsulotlar turi va sifati hamda qurilish montaj ishlari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.

Ekskursiya jarayonlaridan fotolavhalar

Tugmani bosing Tinglash GSpeech