20/10/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 3 018 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

🛒 savdo sohasida – 1 112 ta

🏭 sanoat sohasida – 554 ta

🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 456 ta

🏨 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 229 ta

🏗 qurilish sohasida – 118 ta

🚖 tashish va saqlash sohasida – 122 ta

📡 axborot va aloqa sohasida – 58 ta

🩺 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 40 ta

🔸 boshqa sohalarda – 329 tani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech