20/10/2023

Til - bu xalqning ruhi va uning egasi - bu xalqning o'zi. Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ham “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, boshqarmaning rahbar va barcha ishchi xodimlari ishtirok etib, tuman (shahar) statistika bo’limlari ZOOM platformasi orqali qatnashdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvga Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti O‘zbek va chet tillar kafedrasi dotsenti Akmal Tursunov taklif etildi. Muloqat davomida mehmon ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi haqida so‘z yuritdi.

O’zbek tiliga e’tibor faqat o’zbek tili bayrami kunida emas, balki har on har lahzada kunlik hayotimizga singgan qoidalar kabi bo’lishini ta'kidlab o’tdi. Uchrashuv davomida Akmal Tursunov til haqida she'rlar aytib ishtirokchilarni xushnud etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech