19/10/2023

Joriy yilning 19-oktabr kuni Toshkent moliya institutida “INNO-WEEK-2023” xalqaro innovasion gʻoyalar haftaligi doirasida “Statistika va ekonometrika” kafedrasi tomonidan “Statistika tizimini rivojlantirishning milliy strategiyasi: nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

1-photo_2023-10-19_10-39-142-photo_2023-10-19_10-39-19

Ushbu konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti,  Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti, Fransiyaning Pierre Mendes universiteti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali vakillari hamda qator xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi.

3-photo_2023-10-19_10-40-144-photo_2023-10-19_10-39-18

Mazkur konferensiya davomida statistika tizimini rivojlantirishda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyatini milliy hisoblar tizimining xalqaro andozalari asosida takomillashtirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

5-photo_2023-10-19_12-10-23

Jumladan,  Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich soʻzga chiqib, statistika tizimini rivojlantirishning milliy strategiyasida iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni zamonaviy statistik usullar asosida tahlil qilish masalalarida fikr bildirdi.

6-photo_2023-10-19_12-10-19

Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Gʻayibnazarov Bahodir Karimovich iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini taʻminlovchi statistik koʻrsatkichlar bogʻliqligini ekonometrik modellashtirish va prognozlash masalalarida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

7-photo_2023-10-19_10-39-17-2

Tadbirda mutaxassislar tomonidan statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholashni takomillashtirish borasida maʼlumotlar berildi.

8-photo_2023-10-19_10-39-17

Tugmani bosing Tinglash GSpeech