🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida jami 3 112 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🛒 savdo sohasida – 1 114 ta
🏭 sanoat sohasida – 555 ta
🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 457 ta
🏨 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 230 ta
🚖 tashish va saqlash sohasida – 123 ta
🏗 qurilish sohasida – 118 ta
📡 axborot va aloqa sohasida – 59 ta
🩺 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 40 ta
🔹boshqa sohalarda – 416 ta