- O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma boshlig'ining o'rinbosarlarini tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
- boshqarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funktsiyalarini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
- boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- boshqarmaning tarkibiy bo'linmalari to'g'risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;
-boshliq o'rinbosarlari va funktsional bo'lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;
-boshqarmaning smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
-boshqarma xodimlari uchun mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasi bo'yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustama va qo'shimcha ish haqi to'lash tartibini, moddiy rag'batlantirish va taqdirlashning boshqa shakillarini belgilaydi;
-zarurat hollarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarining tasdiqlangan soniga statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag'lar doirasida o'zgartirishlar kiritiladi;
-dasturlar bo'yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy texnik resurslarini taqsimlaydi;
-maxsus jamg'arma mablag'larini tasarruf etadi; -boshqarma xodimlarini belgilangan tartibda lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
-tuman va shahar statistika bo'limlari rahbarlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
-o'z vakolatlari doirasida tuman va shahar statistika bo'limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi;
-o'ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko'radi;
-boshqarma tomonidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va boshqarma Nizomiga muvofiq boshqarma manfaatlarini himoya qiladi va uning mol-mulkini tasarruf etadi.
-boshqarmaning: Umumiy rahbarlik, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo'limi, Kadrlar bo'limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi, Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi, Dasturiy texnik-ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi, Maxsus qism, Bosh yuristkonsult, hamda tuman va shahar statistikasi bo'limlarini faoliyatini doimiy nazorat qiladi.