-boshqarma boshlig'i yo'qligida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
-boshqarmaning barcha tarmoq bo'limlari hamda shahar, tuman statistika bo'limlari tomonidan dasturlar bo'yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturining bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to'g'risida statistika ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va belgilangan Davlat organlariga yuborilishini nazorat qilish;
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya ishini har chorakda bir marta ko'rib chiqilishini ta'minlaydi va ushbu komissiya yig'ilishida Davlat statistika ishlari Dasturining sifatli va o'z vaqtida bajarilishi, hisobot ko'rsatkichlarining tezkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalarining, shuninigdek Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko'rib chiqish uchun tayyorlaydi;
-Davlat statistik hisobotlarini elektron ko'rinishda internet orqali yuborilishini nazoratini yuritish;
-boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy shahar, tuman statistika bo'limlari xalq xo'jaligidan qo'shimcha mablag' topishni (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;
-boshqarma va shahar-tuman statistika bo'limlari tomonidan Davlat statistika hisobotlarini muddatidan kechiktirib yoki xatoliklar bilan topshirgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan O'z.Res. MJKning 215-moddasining tegishli qismlari bilan qo'llanilgan ma'muriy jarima summalarini o'z vaqtida undirishini hamda o'z vaqtida to'lanmagan ma'muriy jarimalarni majburiy ijro etishlik uchun belgilangan tartibda boshqarmada tuzilgan komissiya tarbiki xulosasi bilan xo'jalik sud ijrochilariga taqdim etishlarini doimiy nazoratini yuritadi;
Boshqarmaning: Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot tahliliy ishlar bo'limi, Investitsiya va qurilish statistikasi bo'limi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi, Sanoat statistikasi bo'limi, Narx statistikasi bo'limi, Statistik registrlarni yuritish bo'limlari hamda tuman va shahar statistika bo'limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi;
-o'ziga yuklangan vazifalarni sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa zarur choralarini ko'radi.