Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari bilan birgalikda:

-boshqarmaning barcha tarmoq bo'limlari hamda shahar, tuman statistika bo'limlari tomonidan statistika ishlari Dasturi bo'yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to'g'risida statistika ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va belgilangan Davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;

-Statistika ishlari Dasturi asosida belgilangan statistik hisobotlarni o'z vaqtida topshirilishini nazorat qiladi;

-Davlat statistik hisobotlarini elektron ko'rinishda internet orqali yuborilishini ta'minlashni nazorat qiladi;

-boshqarma va tuman-shahar statistika bo'limlari tomonidan Davlat statistika hisobotlarini muddatidan kechiktirib yoki xatoliklar bilan topshirgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan O'z.Resp.MJKning 215-moddasining tegishli qisimlari bilan qo'llanilgan ma'muriy jarimalarni majburiy ijro etishlik uchun belgilangan tartibda xo'jalik  sudi ijrochilariga taqdim etishlarini doimiy nazoratini yuritadi.

Shuningdek,

-boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi, Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari, Ijtimoiy soha statistikasi bo'limi, Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi, bo'limlari hamda tuman va shahar statistika bo'limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi;

-o'ziga yuklangan vazifalarni sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa zarur choralarni ko'radi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech