So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 96,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,1 % ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyatida ijara xizmatlarining hajmi 77,0 mlrd. soʻm yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro forumi hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga respublikamizda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 583 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,2 %ni tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Konimex tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 280,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida  Navoiy viloyatining import tarkibida eng yuqori ulushni Nаvoiy shahri 52,4 % ulush bilan 199 965,1 ming AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Tomdi tumani 0,2 % ulush bilan 830,1 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Konimex tumanining savdo xizmatlari hajmi 51,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi boʻyicha oʻsish surʻati 109,1 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Zarafshon shahrida transport xizmatlari hajmi 106,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 100,7 % ga yetdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 183 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 147,3 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 90,0 foizini (19 971 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondining umumiy maydoni 658,4 mln. kv. m.ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 634,7 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan. 

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 62 523 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarga mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023- yilning 11- avgust kuni Navoiy konchilik kasb-hunar kolledjida Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-611- sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda amalga oshilayotgan ishlar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy  viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 3 142,8 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan   22,0 %ga  koʻpaydi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 353 tani tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida bu sohada 36 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 1 094,3 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mosdavriga nisbatan 4,6 % ga yuqori.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida kvartira (uy)lar soni 7 301,2 mingtaga yetib, shundan 79,9 foizi (yoki 5 836,7 mingta) yakka tartibdagi uy-joylar ulushiga toʻgʻri keldi.