So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-iyul oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 6 340,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,5 %ni tashkil etdi.

 2023-yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda savdo sohasida 23 365 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Qiziltepa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 2 970 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida tumanda 338 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida 5 ta muzey, 1 ta teatr, 2 ta konsert tashkiloti, 9 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 32 ta madaniyat markazi, 5 ta kinoteatr va 437 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 738 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning 1-sentabr holatiga Karmana tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 3 224 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylarida tumanda 431 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022-yil yakunlariga koʻra, kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 39 078 tani tashkil etdi. Bu 2021-yilning tegishli davriga nisbatan mos ravishda 2 606 taga koʻpaygan.

2023-yil 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 22 183 tani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 19 877 ta). O‘tgan yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 91,7 foizni (jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar 90,8 foiz) tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga Sifat menejmenti tizimini joriy etish maqsadida ISO 9001:2015 standartini olishga tayyorlash (ishlab chiqish, joriy etish va o‘qitish) bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonani tanlab olish uchun tanlov e’lon qilindi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda 202 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 074,1 mlrd. soʻmga yetdi.

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 22 183 ta korxona va tashkilotlarining 11 394 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 599 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 4,7 %ini tashkil etdi. 

2023-yil yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda savdo (118 taga), yashash va ovqatlanish (49 taga) oshganligini ko‘rish mumkin.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 8 163 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari AQSHga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning  yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida 7 074,1mlrd. soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan bo’lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,5 % ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra,  2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 167 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 142 taga to‘gri keldi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.