So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 50,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 192 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,3 foiz ulushini tashkil etdi.

Joriy yilning 22- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 91 526,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 22-dekabr kuni Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda BIG DATA, sunʼiy intellekt va elektron tijorat: muammolar, vazifalar, yechimlar” xalqaro  ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 20-dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 22-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi Sport targ‘ibotchisining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 731,4 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qorakoʻl zotli qoʻylarning umumiy bosh soni 5 987,4 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 5 400,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga jami 226,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlarning soni 43 370 tani tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1483,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 5,9 trln. soʻmni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida jami 6,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 49,1 % ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 32,1 % ni tashkil etgan.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 281 ta bo‘lib, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida ushbu sohada 78 ta korxonalar yangi tashkil etilib ularning 98,7 foizi kichik biznes subyektlaridir.