So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 24 118,3 ming boshga yetgan.

Joriy yilning 14-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Ijtimoiy soha statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida 5 945 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy  viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 23 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 89,1 %  ulushini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar bosh soni 5 046,3 mingtaga yetgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 207,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 6 160 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2024-yilning yanvar oyida 468,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadda xorijga safar qilgan (ming nafar, davlatlar):

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 8 487,5 mln. dona tuxum olingan.

Joriy yilning 13- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 7­­-9-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim statistikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya” natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Joriy yilning 8–9-fevral kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Ta’lim va tadqiqot instituti, Barqaror rivojlanishga ko‘maklashish markazi (CSD Center) va BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan “Elektron chiqindilar bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi” bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-fevral holatiga sanoat sohasida 110 540 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Xizmatlar sohasi statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 11 968,7 ming tonna sut yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra, toʻqimachilik va moʻynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash boʻyicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilib, 213,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga 45 456 nafar Hindiston fuqarolari tashrif buyurgan.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 326,7 mln. AQSH dollariga yetgan.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar oyida 6 160 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).