So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari 391 604 donani tashkil etib, shulardan 87,2 % (341 650 dona) Oʻzbekistonda, 12,8 % esa (49 954 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

Joriy yilning 5-fevral kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Jaxongir Qambarov tomonidan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika boʻlimlarida 1-KB shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti" va 1-FX shakli “Fermer xo'jaligi faoliyati to'g'risi”dagi va boshqa yillik statistika hisobotlar boʻyicha qilinayotgan ishlar holati hamda maʼlumotlarni sifatli tahlil qilingan holda qabul qilinayotganligi oʻrganildi.

Navoiy viloyati FHDYO organlari tomonidan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida  7 951 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,7 % i yoki 64 700,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 82 683,1 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,4 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida axborot va aloqa sohasida 2 935 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga (texnik koʻrik natijalari boʻyicha), Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 4 020,7 ming birlikni tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, savdo tarmogʻida 63 466,6 mlrd. soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 6 570,8  mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 31 178,2 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida jami 25 866,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 133,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 177,5 mln. l. gazli suvlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1-fevral kuni poytaxtimizdagi Crowne Plaza mehmonxonasida Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasida ish haqi boʻyicha gender tafovutni baholash” mavzusida tashkil etilgan seminar boʻlib oʻtdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,3 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 131 589 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 11 882,9 mlrd.soʻmni tashkil etgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mobil radiotelefon abonentlari soni 34 217,3 ming birlikni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11 520,7 mlrd. soʻmga yetdi.