So'nggi yangiliklar

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 86,4 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar oyida jami qurilish ishlarining 65,3 % i yoki 4,4 trln. soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Joriy yilning 19-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ishchi xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ulardagi sportga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirish boʻyicha boshqarma sport targʻibotchisi boshchiligida xodimlar oʻrtasida shaxmat va shashka yoʻnalishi boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloytida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 474 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, ular hududlar kesimida quyidagi koʻrinishda taqsimlangan: 

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi ayollar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 58,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarining ijarasi va lizingi boʻyicha xizmatlar hajmi 337,1 mlrd. soʻmga yetdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 21 103 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qayd etilgan nikohlar soni 35 067 nafarni tashkil etgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2023-yilning IV choragida oʻtkazilgan kuzatuv natijalariga koʻra, yaqin uch oydagi oʻzgarishlar istiqboli boʻyicha iqtisodiy vaziyatini yaxshilangan deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp ulushi qurilishda – 51,3 % ni, savdoda – 50,2 % ni va sanoatda – 49,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 31,2 ming tonna tabiiy qum ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 24,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga koʻpaydi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2023 yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 21,2 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2022 yilga nisbatan 130,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1,3 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida respublika boʻyicha 137 459 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 115 tonna pishloq  ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 103 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga koʻpaydi.