19/11/2024

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 228 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 041 tani tashkil qildi (ulushi 19,0 %). Xususiy korxonalar sonining eng koʻpi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Xatirchi tumani – 728 ta

Navoiy shahri – 615 ta

Zarafshon shahri – 516 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 307 ta

sanoat sohasida – 623 ta

qurilish sohasida – 186 ta

savdo sohasida – 1 948 ta

tashish va saqlash sohasida – 47 ta

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 326 ta

axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 81 ta

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 92 ta

boshqalar – 431 ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech