11/08/2023

2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a7386

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bosh mutaxassislari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a7401

Seminarda agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7b5a7420

Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib va uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.

4-7b5a7393

Tugmani bosing Tinglash GSpeech