08/08/2023

2023-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi (QAZSTAT) vakillari o‘rtasida sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini toʻplashni tashkil etish amaliyoti bilan tanishish maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a7349

Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosi (QAZSTAT)ning sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini toʻplash va hisobini yuritish amaliyoti, xususan, sanoat va energetikani ishlab chiqarish metodologiyasi, ko'rsatkichlar, ma'lumotlar manbalari, tanlanma so'rovlarni tashkil qilish amaliyoti va boshqalar bilan tanishdi.

2-7b5a7333

Shuningdek, oʻz navbatida statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosidagi hamkasblariga Oʻzbekistonning sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini yigʻish va hisobini yuritish amaliyotini namoyish etdilar.

3-7b5a7342

Uchrashuvda sanoat va energetika statistikasi bo‘yicha ikki tomon vakillarini qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

4-7b5a7336

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki statistika idorasi oʻrtasida statistik faoliyat boʻyicha oʻzaro tajriba almashish hamda kelgusida hamkorlikni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech