07/08/2023

2023-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha texnik ko‘maklashish missiyasi vakili – XVF statistika departamenti real sektor bo‘limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili bilan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a7272

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikromov A’zam Anvardjonovich hamda xalqaro ekspert Levan Gogoberishvili milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohaza almashdilar.

2-7b5a7291

Missiyanining asosiy maqsadi – milliy hisoblarni tuzish uchun ma’lumotlar manbalarini takomillashtirishdan iborat.

3-7b5a7280

Tadbir davomida ma’lumotlar manbalari hamda milliy hisoblar amaliyotini takomillashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalarida fikr almashildi.

4-7b5a7299

Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalariga oid masalalarni muhokama qildilar.

5-7b5a7319

Tadbir so‘ngida Levan Gogoberishviliga Statistika agentligining esdalik sovg‘asi topshirildi.

6-7b5a7311

Tugmani bosing Tinglash GSpeech