04/08/2023

Joriy yilning 4- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Navoiy viloyati bo'limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” to’g’risida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo’lim boshliqlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.

 

Shuningdek, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo'lim mutaxassisi N. Isroilova  so’zga chiqib, internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.

O‘z o‘rnida aytish kerakki, hozirgi kunda yoshlarning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida Internetga murojaat qilmoqda. Foydalanilayotgan axborot vositalarining katta qismi asosan “Twitter”, “Facebook”, “Tik-tok”, “Instagram”, “You tube” kabi ijtimoiy tarmoqlar va video, audio portallarga to‘g‘ri kelsa, ma’lum bir qismigina zararli ta’sir etmaydigan, ilmiy, madaniy va ma’rifiy saytlardan iboratligini kuzatish mumkin.

Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovorga aylangan ekan, har bir inson o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi to’g’risida fikr va takliflarini bildirb o'tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech