02/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat boʻyicha jami 81,4 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xatirchi tumani (23,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qiziltepa (16,0 %), Navbahor (13,3 %), Karmana (12,8 %) va Nurota (9,8 %) tumanlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech