31/07/2023

2023- yilning 31- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

Seminarda davomida “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M. Baxronov so‘z yuritib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 20-dekabrdagi “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida”gi so‘rovnomani har chorakda o‘tkazilishi haqidagi 40-son qaroriga muvofiq, 2023- yilning aprel-iyun oylarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 metr kvadratiga to'g'ri keladigan o'rtacha qurilish qiymati hisobot davrida tanlanma kuzatuv natijalari asosida aniqlanishi to’g’risida batafsil ma’lumotlarni aytib o’tdi va shakllangan ma’lumotlarni to‘g‘ri, sifatli va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga topshiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech