Joriy yilning 27- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Xizmatlar sohasi statistikasi” boʻlimi tomonidan 2-chorak yakunlari va avgust oyida belgilangan vazifalar bo‘yicha tuman (shahar) statistika bo’limlari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda hududiy statistika bo’lim xodimlariga keyingi chorakda oʻtkaziladigan jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuvlarni belgilangan tartibda oʻtkazish, 4 kb (qurilish, savdo, xizmat) soʻrovnomasini chuqur tahlil qilgan holda sifatli ravishda qamrovini ta’minlash hamda 12- korxona hisobotini taqdim etuvchi xizmat ko’rsatuvchi korxonalar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.